EChL. "Real" Moskvada mag‘lub bo‘ldi, "Roma" esa yirik hisobda g‘alabaga erishdi
Madridning "Real" klubi Moskvada TsSKA mehmoni bo‘ldi. "Lujniki" stadionida kechgan bellashuvda "armiyachilar" 2-daqiqada Nikola Vlashich tomonidan kiritilgan gol evaziga minimal hisobda raqibdan ustun kelishdi.
Guruhning ikkinchi bahsi esa Rimda kechdi. Unda mahalliy "Roma" jamoasi Chexiyaning "Viktoriya Plzen" klubini qabul qildi. "Olimpiko"da kechgan uchrashuv "bo‘rilar"ning 5:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan nihoyasiga etdi.
Gollarga Edin Jeko (3 ta), Jengiz Under va Jastin Klyuyvertlar mualliflik qilishdi.

Fikrlar