EChL tarixidagi eng yaxshi assistentlar. Top-5
Evropa chempionlar ligasi nimchorak final uchrashuvida Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Napoli” bilan o‘yinda jamoadoshi Toni Kroosga golli uzatmani amalga oshirdi va mazkur musobaqa doirasidagi o‘yinlarda 31-samarali uzatmani amalga oshirdi. Quyidagi maqolamizda esa aynan klublar miqyosidagi eng nuzfuzli turnir – EChLda eng ko‘p assistni amalga oshirgan futbolchilar bilan tanishtiramiz.
EChLda eng ko‘p gol kiritgan 5 frantsuz
4-5. Zlatan Ibragimovich – 22 ta assistentlik

Zlatanni ko‘pchilik to‘purar hujumchi sifatida biladi. Ammo shvetsiyalik forvard faqat individual harakatlarni amalga oshirmaydi va sheriklarini uzatma bilan ta’minlashni ham “o‘rniga” qo‘yadi. Masalan, 2012/13 yilgi mavsumda Zlatan “PSJ” safida EChLda 7 ta golli uzatmani amalga oshiradi. Qayd etib o‘tish joiz o‘sha mavsum hech bir futbolchi Ibragimovichdanda ko‘p assistentlik qila olmagan edi. Umuman Zlatan EChLda 126 ta o‘yin o‘tkazgan va 53 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
EChL: Tug‘ilgan kunida “dubl” qilganlar
4-5. Mesut O‘zil – 22

O‘zil ham zamonaviy futboldagi eng yaxshi pleymekerlardan sanaladi. Germaniyalik futbolchi “Real” safida 2010/11 yilgi mavsumda EChLda 6 ta golga assistentlik qiladi va o‘sha mavsum bu borada O‘zilga teng keladigani topilmaydi. EChLda jami 80 ga yaqin o‘yin o‘tkazgan O‘zil 22 bor sheriklarini golli uzatma bilan ta’minlagan.
3. Lionel Messi – 24

Messi so‘nggi yillarda faqat o‘zining goleadorlik qobiliyati bilan emas, balki, pleymekerlik mahorati bilan ham o‘z muxlislarini xushnud etib kelmoqda. Jumladan, 2014/15 yilgi mavsumda “Barselona” safida barcha musobaqalarda 18 ta samarali to‘p uzatishni amalga oshiradi.
“Barselona” darvozasini EChLda “ilma-teshik” qilgan jamoalar
2. Rayan Giggz – 30

Giggzning faoliyati rekordlarga to‘la. Jumladan, EChLda eng ko‘p assistentlik qilgan futbolchi ham aynan ushbu musobaqada 150 ga yaqin o‘yin o‘tkazgan Giggzga tegishli edi. Toki…
1. Krishtianu Ronaldu – 31

... Toki Ronaldu ushbu mavsum faqat goleadorlik emas, balki, assistentlik qobiliyatini ham namoyish etishni boshlab yubordi. Balki, portugaliyalik yulduzning gollari soni biroz kamaygani shu bilan bog‘liqdir. Umuman olganda Ronaldu EChLda eng ko‘p gol kiritgan futbolchi ham sanaladi. Xa, uning gol+pas tizimidagi natijalariga faqat xavas bilan boqish mumkin.
“Real” gvardiyachilari. Top-12
Shahzod Xolboev tayyorladi


Izohlar (0)