EChLda haftaning eng chiroyli goli aniqlandi
Xabaringiz bor joriy haftada UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Tashkilot rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra “Barselona” vingeri Usmon Dembelening “Tottenxem” darvozasiga kiritgan goli haftaning eng chiroyli goli deb topildi. Aynan frantsiyalik futbolchi tomonidan kiritilgan gol muxlislar tomonidan eng ko‘p ovoz oldi.
Ma’lumot uchun, Dembele joriy mavsum “Barselona” safida jami 20ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar