Ektor Kuper: Ertaga natija uchun o‘ynaymiz

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun har ikkala jamoa bosh murabbiylari  va futbolchilari ishtirokida o‘yin oldi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanning dastlabki qismida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper hamda himoyachi Anzur Ismoilovlar ishtirok etishdi.

"Avvalo shuni aytishni istardimki ertangi o‘yin biz uchun sinovdir. Oldingi o‘yinlar bilan solishtirib farqini solishtiramiz. O‘sish bormi, kamchiliklar bartaraf etilyaptimi shuni o‘rganamiz.

Ertangi o‘yinda yangi o‘yinchilarni jamoa tarkibida ko‘rasiz. Ertaga xujumkor o‘yin ko‘rasiz deb ayta olmayman. Men ertaga natija olib keladigan o‘yin ko‘rishni xoxlayman. Himoyaviy o‘yin sizga yoqmasligi mumkin lekin men natija ko‘rsatadigan taktika tanlashga harakat qilaman

Murabbiyning tanlovi borasida doim tushunmovchilik bo‘lishi mumkin va bosh murabbiy o‘z tanlovini asoslab berishga majbur emas", - dedi Kuper.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!