Ektor Kuper MTJ yig‘iniga kimlarni taklif etdi?

Argentinalik mutaxassis mazkur yig‘inga milliy chempionatimiz va xorijda to‘p surayotgan 30 nafar futbolchini taklif qildi.
Yig‘in davomida Kuper va uning yordamchilari terma jamoaga nomzod bo‘lgan futbolchilar bilan yaqindan tanishib, ularning jismoniy va funktsional holatlariga baho berish imkoniga ega bo‘lishadi.

Eslatib o‘tamiz O‘zbekiston milliy terma jamoasi sentyabr oyidagi FIFA kunlarida Toshkentda ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Futbolchilarimiz 6 sentyabr kuni Suriya terma jamoasiga qarshi, 11 sentyabrda esa Eronga qarshi maydonga tushishadi. 

Toshkentdagi yig‘inga jalb qilingan futbolchilar:
 
Darvozabonlar:
Suyunov Eldorbek (“Paxtakor”)
Zuhurov Murodjon (“Bunyodkor”)
Quvvatov Sanjar (“Nasaf”)
Nesterov Ignatiy (“Lokomotiv”)
 
Himoyachilar:
Denisov Vitaliy (“Krilya Sovetov”, Rossiya)
Shixov San’at (“Buxoro”)
Xolmuhamedov Murod (“Qo‘qon-1912”)
Ismoilov Anzur (“Lokomotiv”)
To‘xtaxo‘jaev Islom (“Lokomotiv”)
Gadoev Shohruh (“Tedjon Sitizen”, J.Koreya)
Krimets Egor (“Paxtakor”)
Muhammadiev Shuhrat (“Lokomotiv”)
Zoteev Oleg (“Lokomotiv”)
Az’amov Sherzod (“Paxtakor”)
Sayfiev Farrux (“Paxtakor”)
 
Yarim himoyachilar
Ahmedov Odil (“Shanxay SIPG”, Xitoy)
G‘ofurov Husniddin (“Lokomotiv”)
Haydarov Azizbek (“Bunyodkor”)
Mirzaev Sardor (“Lokomotiv”)
Shukurov Otabek (“Sharja”, BAA)
Sobirxodjaev Sardor (“Bunyodkor”)
Rashidov Sardor (“Lokomotiv”)
Shomurodov Eldor (“Rostov”, Rossiya)
Tursunov Sanjar (“Tedjon Sitizen”, J.Koreya”)
Kozak Vladimir (“Paxtakor”)
Ibrohimov Javlon (“Bunyodkor”)
 
Hujumchilar:
Abduxoliqov Temurxo‘ja (“Lokomotiv”)
Bikmaev Marat (“Lokomotiv”)
Nagaev Ivan (“Qizilqum”)
Igor Sergeev (“Paxtakor”).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!