Ektor Kuper bugun bo‘lib o‘tgan "Lokomotiv" - "Buxoro" uchrashuviga tashrif buyurdi (FOTO)

  • 9 noyabr, 2018, 21:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bugun Superliganing 30-turidan o‘rin olgan ba’zi o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan Toshkentning “Lokomotiv” klubi o‘z maydonida boshi berk ko‘chaga kirib qolgan “Buxoro”ni qabul qildi va 4:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.

Tecno

Ushbu uchrashuvni O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper o‘z yordamchisi bilan bevosita “Lokmotiv” stadionidan turib kuzatib bordi.

kuper

Eslatib o‘tamiz, yana bir necha kundan so‘ng terma jamoamiz o‘zining navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazish uchun Avstraliyaga jo‘nab ketadi. Kuper shogirdlari dastlab 15 noyabr kuni Livan terma jamoasiga qarshi, so‘ngra esa 20 noyabr kuni Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!