Ektor Kuperning tanlovi barchani hayron qoldirdi (FOTO)

  • 26 sentabr, 2018, 21:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Misr terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Ektor Kuper FIFA talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnomada o‘z ovozi bilan barchani hayron qoldirdi.

Tecno

Gap shundaki 62 yoshli argentinalik mutaxassis so‘rovnomada sobiq shogirdi Muhammad Salohga emas hamyurti Lionel Messiga ovoz bergan. Keyingi ikki o‘rin uchun esa Ronaldu va Modrichlarni tanlagan.

Ma’lumotlarga qaraganda Saloh va Kuper o‘rtasida mojaro mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Ektor Kuper ayni damda O‘zbekiston terma jamoasini boshqarmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!