Elina Svitolina birinchi bo‘lib yarim finalga chiqdi

Ukrainalik tennischi Elina Svitolina "Qatar Total Open" musobaqasining chorak final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Elina turnirning ushbu bosqichida chexiyalik Karolina Muxovani 6:4, 6:2 hisobida taslim qilib, yarim finalga yo‘l oldi.

Shu tariqa Doxa shahrida o‘tayotgan turnirning yarim finalida Svitolina ruminiyalik Simona Xalep, yoki germaniyalik Yuliya Gyorgesga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!