Emelyanenko navbatdagi jangiga tayyorgarlikni boshladi
Fedor Emelyanenko murabbiyi Vladimir Voronovning so‘zlariga ko‘ra, 41 yoshli sportchi amerikalik Frenk Mirga qarshi jangga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Rossiyalik jangchi ayni damad eski Oskolda mashg‘ulotlarga zo‘r bermoqda. Jang 28 aprel kuni Rouzmondda bo‘lib o‘tadi.
– Fedor eski Oskolda mashg‘ulotlarni boshladi, – deya Voronovning so‘zlarini keltiradi TASS nashri. – Piter Taysse ham bu erga etib kelgan va unga yordam bermoqda. Hozircha rejalar shu erda tayyorgarlik ko‘rish. Tayyorgarlik uchun bu erda sportchilar etarli.
Eslatib o‘tamiz, Emelenenko so‘nggi marta 2017 yil iyunda amerikalik Mett Mitrionga qarshi ringga ko‘tarilib, uni nokautga uchratgan edi. Rossiyalik sportchi uchun bu jang Bellator’dagi ilk to‘qnashuv bo‘lgan.

Fikrlar