
Endi Valentin Kovalenko bosh hakam sifatida, Ravshan Ermatov esa darvoza ortida ishlaydi
Ertaga 11 yanvar kuni Dubay shahridagi "Rashid Stadium" o‘yingohida "V" guruhidan o‘rin olgan Falastin va Avstraliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Mazkur o‘yinni Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. Darvoza ortida Ravshan Ermatov va Ilgiz Tantashevlar ishlashadi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval guruh bosqichining birinchi turidan o‘rin olgan Suriya - Falastin uchrashuvi ham o‘zbekistonlik hakamlarga ishonib topshirilgandi. O‘shanda bosh hakam sifatida Ravshan Ermatov ishlagan bo‘lsa, Valentin Kovalenko darvoza ortida unga yordam bergan edi.
Fikrlar