Eng kuchli bokschilarimiz Xitoyga boradi

  • 16.03.2017 10:30
  • 1
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Shu yilning 4-16 aprel kunlari Xitoyning Xebey viloyatida mazkur mamlakat va O‘zbekiston bokschilari ishtirokida maxsus o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etiladi.

Xitoyliklar bu yig‘inga mamlakatimizning eng kuchli bokschi qizlarini taklif etgan. O‘zbekiston boks federatsiyasidan SPORTS.uz axborot portaliga xabar berishlaricha, yig‘inda jami 10 nafar bokschi – Fotima Tursunboeva, Tursunoy Rahimova, Aziza Yoqubova, Rayhona Qodirova, Gulnoza Rahmatova, Yodgoroy Mirzaeva, Maftuna Melieva, Nafisa Asqarova, E’zoza Melieva, Gavhar Mirzaeva ishtirok etadi.

Bu bokschilarimiz mamlakatimiz terma jamoasi safida jahon va qit’a miqyosidagi musobaqalarda ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!