Eriksen: Darvozabon buncha penaltini qaytargan paytda g‘alaba qozonish shart
Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Eriksen kecha JCh-2018ning 1/8 final bosqichida Xorvatiyaga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz g‘alaba uchun ajoyib imkoniyatga ega edik. Modrich penaltini ura olmagach g‘alaba qozonishimizni yurakdan his qilgan edim, afsuski yakunda mag‘lub bo‘ldik.
Darvozabonimiz bugun o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi. Men va boshqa jamoadoshlarim esa bugun u qadar yaxshi o‘ynay olmadik. Lekin nima bo‘lgan taqdirda ham bu mag‘lubiyat butun jamoaniki.
Darvozabon shuncha penaltini qaytardimi, demak siz g‘olib chiqishingiz shart”, - deydi Eriksen.
Eslatib o‘tamiz, Daniya kechagi bahsda Xorvatiyaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.



Fikrlar