
Erkin UMAROV: "Shashkachilarimiz Osiyoda tengsiz!"
Poytaxtimizdagi “Le grand plaza” mehmonxonasida shashka bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi. O‘zbekiston shashka federatsiyasi Bosh kotibi Erkin Umarov musobaqa haqida shunday deydi:
- 9,11,14,17,20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar hamda kattalar o‘rtasida 64 va 100 katakli shashka bo‘yicha Osiyo chempionati o‘yinlari boshlandi. Musobaqada 15 ta mamlakatdan 200 ga yaqin sportchilar ishtirok etmoqda. O‘zbekiston sharafini 40 nafardan ortiq iqtidor egalari himoya qilyapti. Ular orasida shashka bo‘yicha xalqaro grossmeysterlar Abduqodir Toshtemirov, Alisher Ortiqov, Samandar Talanov, Sayyora Yo‘ldoshevalarning borligi bizni g‘oyat quvontiradi. Mug‘uliston, Xitoy, Qozog‘iston, Turkmaniston kabi kuchli davlat shashkachilari bilan tengma teng kelayotgan vakillarimizdan umidimiz katta. Shashkachilarimiz Osiyoda tengsiz hisoblanadi!
Musobaqalar har kuni ikki mahalda bo‘lib o‘tmoqda: 09:00 va 15:00 da.
Fikrlar