Ernesto Valverde: Umid qilamanki qishki transferlar davrida "Barselona"ni hech kim tark etmaydi

  • 22.12.2018 11:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Men transfer bozori ochilmasidan turib uni yopgan birinchi murabbiyman. 1 yanvargacha transfer bozori rasman yopiq. Ha, biz ayrim futbolchilarni kuzatyapmiz, biroq o‘z navbatida boshqa jamoalar ham bizning futbolchilarimizni kuzatishmoqda. Futbol dunyosi shunday yaratilgan. “Barselona” tarkibidagi futbolchilarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ladi va ularning barchasi bilan ishlashga harakat qiladi. Umid qilamanki yanvarda hech kim jamoadan ketmaydi”, - deydi Valverde.

Ma’lumot uchun, “Barselona” La Liganing o‘tgan 17ta tur yakunlariga ko‘ra 34 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Kataloniyaliklar bugun 18-tur doirasida o‘z maydonida “Selta”ni qabul qilishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!