Errera charchadi: U “MYu”dan ketmoqchi

“Manchester Yunayted” jamoasi yarim himoyachisi Ander Errera qishki transfer mavsumida klubni tark etmoqchi. Bu haqda Metro nashri ma’lum qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 29 yoshli ispaniyalik futbolchi klub rahbariyatining u bilan amaldagi kelishuv muddatini uzaytirish borasida muzokara olib bormayotganidan norozi. Erreraning shartnomasi 2019 yilning 1ziga qadar mo‘ljallangan.

Ma’lum bo‘lishicha, Joze Mourino futbolchining klubda qolishiga qarshi emas, ammo u agentlar bilan bo‘ladigan muzokaralarda ishtirok etmaydi.

Ander Errera 2014 yili “Atletik”dan “MYu”ga kelib qo‘shilgandi. O‘tgan mavsumda ispaniyalik futbolchi “qizil iblislar”ning 26 o‘yinida maydonga tushib, 2 ta golli pasga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!