Ertaga O‘zbekiston U-23 termasi bosh murabbiyi bilan matbuot anjumani bo‘ladi

  • 29 dekabr, 2017, 14:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Ertaga 30 dekabr kuni soat 11:00da O‘zbekiston futbol federatsiyasining matbuot anjumanlari zalida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ishtirokida Osiyo chempionati oldidan matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Matbuot anjumanida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi futbolchilari ham ishtirok etishadi. Matbuot anjumaniga barcha OAV vakillari taklif etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 4 yanvarda terma jamoamiz delegatsiyasi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Xitoy mamlakatiga uchib ketadi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chemionatida “A” guruhidan joy olgan bo‘lib, guruh bosqichida Xitoy, Qatar va Ummon terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!