Evander Xolifild Uaylder va Fyuri to‘qnashuvida kimning g‘alabasini taxmin qildi?

  • 28 noyabr, 2018, 22:50
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ikki vazn toifasining sobiq mutloq jahon chempioni Evander Xolifild super og‘ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Deontey Uaylder va ushbu kamarga da’vogar Tayson Fyuri o‘rtasidagi jang oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

Bu haqiqatan ham ajoyib to‘qnashuv bo‘ladi. Fyuri yaxshi bokschi. Ko‘p bokschilarga noqulay raqib hisoblanadi, chunki uning uzun qo‘llari bor. Bundan tashqari qarshi hujumda yaxshi urusha oladi. Uaylder Taysonning hujumga o‘tishini kutmasligi kerak. Agar jang Fyuri uchun muvaffaqiyatsiz keta boshlasa, u tajribasi va ayyorligidan foydalanadi. Agar jang natijasi haqida gapiradigan bo‘lsak, Deontey jangni tezroq tugatishi mumkin, ammo Fyuri Uaylderni 12 raundgacha olib borsa, qarama-qarshilik Taysonning foydasiga hal bo‘ladi, – deya Xolifildning so‘zlarini keltiradi BoxingScene nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!