“Everton” transferlar uchun pul ayamayapti

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

“Everton” jamoasi “Sampdoriya” klubi hujumchisi Luis Murelni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda, deb ma’lum qilmoqda Football Espana.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ingliz klubidan tashqari 26 yoshli kolumbiyalik futbolchiga “Latsio” va “Sevilya” ham qiziqish bildirgan. Bundan tashqari Rossiyaning “Zenit” klubi ham Murelni o‘z safida ko‘rmoqchi.

“Sevilya” hujumchi uchun “Sampdoriya”ga 13 million evro taklif qilgandi, biroq italiyaliklar kolumbiyalik futbolchining transferidan 20 million evro ishlab olmoqchi .

O‘tgan mavsumda Luis Murel A Seriyaning 31 o‘yinida maydonga tushib, 11 ta gol va 5 ta golli pasga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!