
Evropa ligasi. "Chelsi" grek klubini kichik hisobda engdi va musobaqani g‘alaba bilan boshladi
Hozirgina UEFA Evropa ligasi guruh bosqichining dastlabki turidan o‘rin olgan bir qator bahslar o‘z yakuniga etdi.
Jumladan Londonning "Chelsi" klubi safarda Gretsiyaning PAOK klubi mehmoni bo‘ldi va 7-daqiqada Villian tomonidan kiritilgan gol evaziga muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
PAOK Gretsiya – “Chelsi” Angliya 0:1
20 sentyabr, «Tumba»
Gol: 0:1 – 7 Villian.
PAOK – Pasxalakis, Varela, Xacheridi, Toshka, Vieyrinya, Shaxov (Priyovich, 69), Maurisio, El-Kadduri, Pelkas (Uarda, 62), Leo Jaba, Vernblum.
“Chelsi” – Arrisabalaga, Kristensen, Alonso (Aspilikueta, 66), Dzappakosta, Ryudiger, Kante, Jorjino (Fabregas, 65), Villian, Barkli, Pedro, Morata.
Fikrlar