
FIFA agenti: Azmun bu mavsum “Rubin”da qolmoqchi
“Latsio” klubi bilan do‘stona aloqalarni yo‘lga qo‘ygan FIFA agenti Ulisse Savini “Rubin” hujumchisi Serdar Azmunning Rim jamoasiga o‘tishi haqida xabarlarga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
– Azmun yosh, ko‘p maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan kuchli futbolchi. Men uning atrofidagilar bilan tanishman. Menga ma’lum bo‘ldiki, Serdar bu mavsumni “Rubin”da o‘tkazib, bosh sovrin uchun kurashmoqchi. Bu bilan u JCh-2018da ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermoqchi emas, — deya Savinining so‘zlarini keltiradi Lalaziosiamonoi nashri.
Fikrlar