Fakt! "Neftchi" 6 yildan buyon Qarshida g‘alaba qozona olmay keladi

  • 4 noyabr, 2018, 13:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qarshi klubi rasmiy sayti esa mazkur bellashuv prevyusini taqdim etdi.

Tecno

Mazkur jamoalar hozirgacha milliy chempionatimizda 45 marta o‘zaro bahs olib borishgan. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarning 19 tasida “Nasaf” g‘alaba qozongan. 16 uchrashuvda “Neftchi” jamoasining qo‘li baland kelgan. Qolgan o‘zaro 10 uchrashuvda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik qarshiliklar tomonida – 61-51.

Farg‘onada shu yili bo‘lib o‘tgan o‘zaro so‘nggi uchrashuvda "Nasaf" 3:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Jamoalar Qarshida o‘zaro 22 uchrashuvda maydonga tushishgan. Bo‘lib o‘tgan 15 uchrashuvda “Nasaf”ning qo‘li balan kelgan, 6 uchrashuvda farg‘onaliklar g‘alabaga erishgan. Qolgan birgina uchrashuvda durang natija qayd etilgan. Qarshida o‘tkazilgan uchrashuvlarda darvozalarga jami 59ta gol kiritilgan. To‘plar nisbati 40:19 ni tashqil etmoqda. Ustunlik qarshiliklar tomonida.

“Neftchi” jamoasi so‘nggi bor Qarshida 2012 yili 2:1 hisobida zafar quchgan.

Bugun ikki sobiq jamoadaosh o‘z shogirdlari harakatini maydon chetida turib, boshqaradi. Ro‘ziqul Berdiev va “Neftchi” jamoassi ustozi Bahrom Haydarovlar vaqtida “Nasaf” klubi sharafini himoya qilishgan.

Bugun “ajdarlar” ustozi Ro‘ziqul Berdiev, milliy chempionatimizda 180-marta o‘z shogirdlarini maydonga boshlab tushadi.

“Nasaf” bugun chempionatdagi 646-uchrashuvini o‘tkazadi. “Ajdarlar” bugun milliy chempionatdagi 360-g‘alabasini nishonlashi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!