Fakt: "Paxtakor" Qo‘qondagi so‘nggi g‘alabasini 2002 yilda qo‘lga kiritgan

  • 10 avgust, 2018, 19:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Poytaxt klubi matbuot xizmati esa ushbu o‘yin prevyusini taqdim etdi.

Tecno

Uchrashuvda jamoalar safida diskvalifikatsiya bilan bog‘liq yo‘qotishlar mavjud emas. Faqat Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan o‘yinchilar tufayli mezbonlarda bir, "sherlar" safida uch nafar futbolchi maydonga tushmaydi.

Jamoalar hozirgacha chempionatlar doirasida 25 bor to‘qnash kelishgan. Ularning 14 tasida "Paxtakor", 5 tasida qo‘qonliklar g‘alaba qozonishgan. 6 bellashuv durang bilan yakunlangan. "Sherlar" 68 gol urgan holda 36 to‘p o‘tkazib yuborishgan. Qo‘qondagi uchrashuvlarda mezbonlar 4, jamoamiz 3 bor zafar quchgan. 5 bahs durang bilan tugagan. O‘zaro o‘yinlardagi eng yirik natija 2000 yil kuzatilgan. "Paxtakor" o‘shanda Toshkentda 7:1 hisobida muvaffaqiyatga erishgan.

Qo‘qonda o‘tgan so‘nggi etti uchrashuv:

06.05.2017 "Qo‘qon-1912"  -  "Paxtakor" 1:1

08.08.2016 "Qo‘qon-1912 – Paxtakor" 1:1

05.07.2015 "Qo‘qon-1912 – Paxtakor" 2:2

02.11.2003 "Qo‘qon-1912 – Paxtakor" 3:2

04.06.2002 "Qo‘qon-1912 – Paxtakor" 1:3

21.05.2000 "Qo‘qon-1912 – "Paxtakor" 2:1

13.04.1999 "Qo‘qon-1912" – "Paxtakor" 3:2

"Qo‘qon-1912" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 12 avgust, yakshanba kuni 18:30 da Qo‘qondagi "Markaziy" stadionda boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!