Falkaoning dubli “Monako”ga “Nitstsa” ustidan yirik g‘alabani ta’minladi

  • 4 fevral, 2017, 23:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Frantsiya chempionati 23-tur markaziy o‘yinida turnir peshqadamlari bo‘lib turgan “Monako” va “Nitstsa” o‘zaro bahs olib bordi.

Qiziqarli kechgan o‘yinda “Monako” 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. G‘oliblar safida Jermen hisobni ochgan bo‘lsa, Radamel Falkao dubli bilan jamoasining yirik g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Mazkur uchrashuvdan keyin “Monako” 52 ochko bilan yaqqol peshqadam bo‘lib oldi. “Nitstsa” 49 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qolib ketdi.

Monako – Nitstsa 3:0 (0:0, 3:0)

Gollar: 1:0 – 47 Jermen, 2:0 – 60 Falkao, 3:0 – 81 Falkao.

Monako: Subashich, Sidibe, Glik, Mendi, Fabino, Bernardu Silva (Dirar, 88), Bakayoko, Lemar, Jemerson, Falkao (Mbappe, 90), Jermen (Moutinyu, 77).

Nitstsa: Kardinal, Dante, Sarr (Belxanda, 64), Dalbert, Bess, Seri, Sipren, Esserik, Suke, Plea, Balotelli.

Ogohlantirish: Seri (13), Jemerson (57).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!