Fernando Alonso Belgiyada yirik avtohalokatga uchradi
«Maklaren» jamoasi a’zosi Fernando Alonso Belgiya Gran-prisida yirik avtohalokatga uchradi.
Fernando poyganing birinchi qayrilishida sekinlasha olmay «Reno» vakili Niko Xyulkenbergni turtib yubordi. Buning oqibatida Alonso «Zauber» poygachisi Sharl Leklerga urildi. Shuningdek, bu holatdan Daniel Rikkardo ham jabr ko‘rdi. Lekin u pit-stopdan keyin poygani davom ettirdi.
Halokat vaqtida hech bir poygachi jiddiy jarohat olmadi va voqea joyini o‘zlari tark etishdi.


Fikrlar