Filipp Lam Germaniyada yil futbolchisi deb tan olindi

  • 24 iyul, 2017, 08:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsum so‘nggida futbolchilik faoliyatini yakunlagan Filipp Lam Germaniya jurnalistlari talqiniga ko‘ra mamlakatning 2017 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.

Tecno

Ikkinchi o‘rinni “Real” yarim himoyachisi Toni Kroos egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikka “Borussiya D” hujumchisi Per-Emerik Obameyan yakun yasadi.

Filipp Lam 2001 yildan buyon “Bavariya” sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Shu vaqt davomida u 8 karra Germaniya chempioni, 6 bor mamakat Kubogi sohibi va bir martadan EChL hamda klublar o‘rtasidagi JCh g‘olibi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!