"Flamengo" futbolchilari yong‘inda halok bo‘lishdi

  • 08.02.2019 23:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Braziliya poytaxti Rio-de-Janeyroda "Flamengo" klubi futbolchilari vafot etgani munosabati bilan 3 kunlik motam e’lon qilindi. Bu haqda Globo nashri xabar bermoqda.

Ayni shu sabab Karioka Ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "Flamengo" va "Fluminense" klublari o‘rtasidagi o‘yin ham noma’lum muddatga qoldirilgan.

Ma’lumot uchun, bugun tongda "Flamengo" klubi bazasida yong‘in sodir bo‘ldi va buning natijasida jami 10 nafar inson halok bo‘ldi. Ularning 6tasi 14-17 yosh futbolchilar va qolgan 4tasi mashg‘ulot bazasi xodimlari bo‘lishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!