Futzal, OCh-2018. O‘zbekistonga chorak finalda qaysi jamoa raqiblik qiladi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ayni kunlarda Xitoy Taypeyi mamlakatida futzal bo‘yicha Osiyo chempionati o‘yinlari davom etmoqda. Bugun mazkur turnirning 3-tur o‘yinlari start oldi.

Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasi so‘nngi turda Yaponiyaga imkoniyatni boy berib, guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi.

Endi vakillarimiz chorak finalda A guruhida g‘olib chiqqan Vetnam terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi. Vetnam terma jamoasi ilk turda Malayziyaga imkoniyatni (1:2) boy bergan bo‘lsada, so‘nggi ikki turda Bahrayn hamda mezbon – Xitoy Taypeyini mag‘lub  etgan holda A guruhida 1-o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun, Vetnam – O‘zbekiston o‘yini 8  fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 16.00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!