Gabriel Jezus "Arsenal"ni "o‘z o‘rniga" qaytarib qo‘ydi
Angliya Premer Ligasi 24-turi doirasida Xosep Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti” klubi o‘z maydonida “Suonsi”ni qabul qildi.
O‘yin davomida ustunlikni o‘z qo‘llarida ushlab turgan shaharliklar, o‘yinda ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritdi. Xususan, bahsning 11-daqiqasida Gabriel Xesus gol urgan bo‘lsa, 81-daqiqaga kelib, Gilfi Sigurdsson hisobni tenglashtirdi. Ammo, hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda braziliyalik futbolchi dubl qayd etib, jamoaning g‘alabasini ta’minladi.

Qayd etish lozim, ushbu natijadan so‘ng “shaharliklar” 49 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarilib olgan holda, “Arsenal”ni “o‘z o‘rniga” qaytarib qo‘ydi.

Fikrlar