
Gabriel Jezus: Yangi mavsumda “Manchester Siti”ni favoritlar qatoriga qo‘shish mumkin
“Manchester Siti” forvardi Gabriel Jezus 10 aprelda start oladigan APLning yangi mavsumidan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Manchester Siti”ni yangi mavsumda APL favoritlari qatoriga qo‘shish mumkin, chunki biz amaldagi chempionlarmiz.
Biz yangi mavsumga jiddiy e’tibor qaratishimiz lozim. Ko‘pchilik jamoalar o‘z tarkiblarini kuchaytirishdi va shu bois bu mavsumda hech kimga oson bo‘lmaydi”, - deydi braziliyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli Jezus yaqindagina “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasini 2023 yilga qadar uzaytirgan edi.
Fikrlar