Gadoevning jamoasi o‘z uyida peshqadamga mag‘lub bo‘ldi
Bugun Janubiy Koreyada nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turadigan – K Liga 2 da 20-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Shoxrux Gadoev faoliyat olib boradigan “Tedjon Sitizen” klubi o‘z maydonida musobaqa peshqadami “Seongnam”ni qabul qildi.
Mazkur o‘yinda mehmonlar 1:0 hisobida zafar quchishdi. Gadoev o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi.
20 ta turdan so‘ng “Tedjon” jamg‘argan ochkolar soni 22 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalidagi 10 ta klub orasida 8-o‘rinda bormoqda.
K Liga 2. 20-tur
“Tedjon Sitizen” – “Seongnam” 0:1.
Fikrlar