Gadoevning navbatdagi goli jamoasiga g‘alaba keltirdi
Unda Shoxrux Gadoev va Sanjar Tursunovlar faoliyat olib boradigan "Tedjon Sitizen" klubi "Seul E-Lend" mehmoni bo‘ldi.
Mazkur uchrashuvda mehmonlar 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Dastlabki gol aynan Gadoev nomiga yozildi va Shoxrux 68-daqiqada zaxiraga olindi. Tursunov esa 64-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.
Bugungi gol Gadoevning mavsumdagi 7-goli bo‘ldi va u to‘purarlar poygasida 3-o‘rinni egallab turibdi.
K Liga-2. 10-tur (qoldirilgan o‘yin)
"Seul E-Lend" - "Tedjon Sitizen" 0:2
Gollar: Gadoev (49), Kitsu (90+3).
Fikrlar