
Gamburg-2017: Bahodir Jalolov uchun ham turnir yakuniga etdi
Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining chorak final so‘nggi janglaridan birida eng og‘ir vaznli bokschimiz ringga ko‘tarildi.
+91 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bahodir Jalolov musobaqadagi ilk jangini nokaut bilan yakunlagan edi.
Bugungi bellashuvda esa unga Osiyo chempionati finalida raqibi qozog‘istonlik Qamshibek Konkabaev yana raqiblik qildi. O‘ziga xos revansh jangida Konkabaev o‘z maqsadiga erisha oldi.
Qozog‘istonlik charm qo‘lqop ustasi hakamlar xulosasiga ko‘ra 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, Bahodir chorak finalda yurishini yakunlagan uchinchi o‘zbekistonlik bokschiga aylandi. Bundan oldin Isroil Madrimov va Elnur Abduraimovlar ham yarim finalga chiqa olishmagan edi.
Fikrlar