Gamburg-2017: Bektemir Meliqo‘ziev kutilmaganda mag‘lub bo‘ldi
Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining yarim final bellashuvlari oxirlab bormoqda.
Mazkur janglarning birida 81 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev irlandiyalik Jou Uordga qarshi bahs olib bordi.
Hamyurtimizning yaqqol ustunligida kechgan jangda Bektemir raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmagandek, ko‘ringan bo‘lsada, hakamlar irlandiyalik bokschining g‘alabasini qayd etishdi 2:3.
Shu tariqa, Bektemir Meliqo‘ziev bu yilgi JChda bronza medaliga ega chiqqan ikkinchi bokschimizga aylandi.

Fikrlar