
Gamburg-2017: Bokschilarimizning ringga chiqish vaqtlari bilan tanishing
Ma’lumki, bugun Germaniyaning Gamburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida to‘rtinchi kungi bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Bugun mazkur qarama-qarshiliklarda 5 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi.
Dastlab, ringga vakillarimizdan 60 kg vazn toifasida Elnur Abduraimov armanistonlik Karen Tonakanyan ringga ko‘tariladi. Mazkur jang Toshkent vaqti bilan soat 18:45da boshlanishi rejalashtirilgan.
Soat 19:00da esa 69 kgda vazn toifasida Shaxram G‘iyosov ukrainalik Legenli Barabanov bilan kuch sinashadi. Eng og‘ir vaznli bokschilari ishtirokida qarama-qarshilikda esa Bahodir Jalolov daniyalik Kim Larsenni sinovdan o‘tkazadi. Jang 20:00da start oladi.
Shuningdek, kechki dasturda o‘rin olgan janglarda ikki nafar bokschimiz kurash olib boradi. Kechki janglar dasturi Toshkent vaqti bilan 22:00da start oladi.
Bunda birinchi saralash bahsidan muvaffaqiyatli o‘tgan Jasur Latipov (52 kg) ikkinchi jangini bolgariyalik Daniel Asenovga qarshi o‘tkazadi. Jang 22:00ga belgilangan.
Bugun vakillarimiz orasida so‘nggi bo‘lib ringga 81 kgda Bektemir Meliqo‘ziev ko‘tariladi. Unga rossiyalik Muslim Gadjimagomedov raqiblik qiladi. Jang soat 23:45da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Bokschilarimizga omad tilaymiz.
Fikrlar