Gamburg-2017: Bugun Bektemir, Shaxram va uch nafar bokschimiz ringga chiqadi
Germaniyaning Gamburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida to‘rtinchi kungi bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Bugun mazkur qarama-qarshiliklarda 5 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi.
Turnirning kunduzgi janglar dasturida quyidagi bokschilarimiz ringga ko‘tarilishadi. Janglar Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.
60 kg
Elnur Abduraimov (O‘zbekiston) – Garri Garside (Avstraliya) / Karen Tonakanyan (Armaniston)
69 kg
Shaxram G‘iyosov (O‘zbekiston) – Nkumbu Silungve (Zambiya) / Legenli Barabanov (Ukraina)
+91 kg
Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Kem Larsen (Daniya) / Mbuyi Karlos (Angola)
Shuningdek, kechki dasturda o‘rin olgan janglarda ikki nafar bokschimiz kurash olib boradi. Kechki janglar dasturi Toshkent vaqti bilan 22:00da start oladi.
52 kg
Jasur Latipov (O‘zbekiston) – Daniel Asenov (Bolgariya)
81 kg
Bektemir Meliqo‘ziev (O‘zbekiston) – Muslim Gadjimagomedov (Rossiya) / Jeyson Varela (Kolumbiya).
Bokschilarimizga omad tilaymiz.

Fikrlar