
Gamburg-2017: Jahon chempionatining bugungi barcha yarim final janglari bilan tanishing
Bugun, 31 avgust kuni Germaniyaning Gamburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionati yarim final bellashuvlariga start beriladi.
E’tiborlisi bu qarama-qarshiliklarda kuba termasining 7 nafari final uchun kurash olib borsa, O‘zbekiston va Qozog‘iston termalaridan 6 nafardan bokschi ringga ko‘tariladi. AQSh, Rossiya, Ozarbayjondan 2tadan, Ukraina, Frantsiya, Hindiston, Ekvador, Mo‘g‘uliston, Irlandiya, Kamerun, Gurjiston, Janubiy Koreya, Armaniston, Angliya, Avstraliya hamda mezbon Germaniya kabi davlatlardan 1 tadan ishtirokchi qatnashadi.
31 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan yarim final janglari
49 kg
21:00 Yoanis Argilagos (Kuba) - Erjan Jomart (Qozog‘iston)
21:15 Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) - Yuberjen Martines (Kolumbiya)
56 kg
21:30 Kayrat Eraliev (Qozog‘iston) – Peter MakGrail (Angliya)
21:45 Gaurav Bidhuri (Hindiston) – Duke Ragan (AQSh)
64 kg
22:00 Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston) - Freudis Roxas (AQSh)
22:15 Hovhannes Bachkov (Armaniston) - Endi Kruz Gomes (Kuba)
75 kg
22:30 Abilxan Amanqul (Qozog‘iston) – Kamran Shohsuvarli (Ozarbayjon)
22:45 Oleksandr Kijnyak (Ukraina) – Troy Isli (AQSh)
91 kg
23:00 Evgeniy Tishchenko (Rossiya) – Sanjar Tursunov (O‘zbekiston)
23:15 Vasiliy Levit (Qozog‘iston) – Erislandi Savon (Kuba)
Fikrlar