Germaniya stadionlarida kuylanadigan qo‘shiqlar bilan tanishing

  • 12 noyabr, 2016, 18:18
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Aksariyat stadionlarda gol kiritilgach, turli xil qo‘shiqlarning tovushini eshitgan bo‘lsangiz kerak. Bu narsa ayniqsa Germaniyada juda rivojlangan. Quyida esa Bundesligada ishtirok etuvchi jamoalar uy stadionlarida gol urganlarida qo‘yiladigan qo‘shiqlar bilan tanishishingiz mumkin.

Tecno

1.         “Shalke-04”
Blau und Weiß ein Leben lang

2.         “Bavariya”
Tomer G  – Seven Nation Army (Remix)

3.         “Verder Bremen”
The Proclaimers  – I'm Gonna Be (500 Miles)

4.         “Augsburg”
Eine Insel mit zwei Bergen

Bu qo‘shiq ilk bor qo‘g‘irchoq multfilmda jarang sochgan. Multfilmni Augsburg qo‘g‘irchoq teatri tayyorlagan edi. Bevosita qo‘shiqqa qaytadigan bo‘lsak, 1995 yili “Dolls United” guruhi tomonidan remiks talqini ijro etilgach, nemis diyorida juda mashxur bo‘lib ketdi. “Augsburg” futbol klubi esa 2009 yildan buyon shahar qo‘g‘irchoq teatri bilan hamkorlik qilib keladi va aynan anashundan buyon “Augsburg” o‘z maydonida gol kiritsa, ushbu qo‘shiq jarang sochib kelmoqda.

5.         “Darmshtadt”
Alberto Colucci – Die Sonne scheint

6.         “Borussiya Dortmund”
Pur Harmony – Olé jetzt kommt der BVB

Ushbu qo‘shiq ilk bor “Signal Iduna Park”da 1993 yilning 25 noyabr sanasida UEFA kubogining 1/8 finalida “Kopengagen”ga qarshi o‘yinda jarang sochgan va hozirga qadar ham ushbu qo‘shiq o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas.

7.         “Aytraxt Frankfurt”
Franz Von Suppe - Leichte Kavallerie

8.         “Borussiya Myonxengladbax”
Scooter -  Maria (I Like It Loud)

9.         “Gamburg”
Scooter - One (Always Hamburg)

2012 yili aynan “Gamburg” uchun yaratilgan mazkur qo‘shiqni tayyorlashda jamoa futbolchilari Dennis Dikmaer, Tolgay Arslon va Son Xen Minlar ishtirok etishgan.

10.       “Ingolshtadt”
Volxrock – Esellied

11.       “Gerta”
Ha Ho He Hertha BSC

12.       “Kyoln”
De Räuber - Denn wenn et Trömmelche jeht (Denn wenn das Trömmelchen geht)

13.       “Mayns”
Mainzer Narrhalla-Marsch

14.       “Bayer Leverkuzen”
Status Quo – Rockin‘ All Over The World

15.       “Xoffenxaym”
The Bots – Was wollen wir trinken

16.       “Volfsburg”
Rocky Sharpe & The Replays – Rama Lama Ding Dong

17.       “Frayburg”
Dandy Warhols - Bohemian Like You

18.       “RB Lаypsig”
James Brown - I feel good

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!