Germaniya termasi mutlaq rekordchiga aylandi
Evropa mintaqasidan JCh–2018 turniriga saralash bosqichi so‘nggi – 10-turida Germaniya terma jamoasi Ozarbayjonga qarshi bahs olib bordi va 5:1 hisobida zafar quchdi.
Mazkur g‘alaba Germaniya termasi uchun JCh saralash bosqichlaridagi ketma-ket 16-si bo‘ldi. Bundesti 1969–1985 yillarda ham huddi shunday natijani qayd etib, Jahon rekordini o‘rnatgan edi.
Bundan tashqari, Germaniya bitta saralash bosqichi davomida raqiblar darvozasiga 43 ta gol kiritib, 2000 yili Ispaniya terma jamoasi tomonidan o‘rnatilgan va 42 ta goldan iborat rekordini yangiladi.

Fikrlar