Gibraltar terma jamoasi tarixiy g‘alabaga erishdi

"Vazgen Sarkisyan" stadionida kechgan bellashuvda mehmonlar 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Uchrashuvdagi yagona gol 50-daqiqada Chipolina tomonidan penaltidan kiritildi.

Bu Gibraltarning rasmiy o‘yinlarda erishgan dastlabki g‘alabasi  bo‘ldi. Bugungi uchrashuvgacha mazkur jamoa 22 ta o‘yin o‘tkazib, faqatgina ikkita o‘rtoqlik bellashuvida zafar quchgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!