Giggzning restorani jarimaga tortiladi
Uels terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritayotgan afsonaviy futbolchi Rayan Giggzga tegishli bo‘lgan Manchester shahridagi George’s restoranida tekshiruv o‘tkazildi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra tekshiruvlar natijasida restoranda gigiena talablariga amal qilinmasligi, eskirgan mahsulotlardan foydalanish, shuningdek, u erda ishlovchilarning iflos qo‘llari bilan taom tayyorlashlari aniqlangan.
Yuqoridagi holat yuzasidan restoran katta miqdorda jarimaga tortilishi aytilmoqda.
Fikrlar