
Goretska "Shalke"ni aqldan ozdirdi
Germaniyaning “Shalke-04” klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Leon Goretskani tarkibda saqlab qolmoqchi va buning uchun futbolchining maoshini yiliga 10 mln evrogacha oshirmoqchi. Ta’kidlash lozimki, gelzenkirxenliklar avval hech bir futbolchiga bu qadar katta maosh to‘lashmagan.
Jamoa futbolchilarining o‘rtacha yillik maoshi esa 2 mln evroni tashkil etadi. Faqatgina Franko di Santo va Evgeniy Konoplyanka bir yilda 4 mln evro maosh oladi.
Eslatib o‘tamiz, Goretskaning “Shalke” bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi. Germaniya terma jamoasi a’zosiga Evropaning bir qator kuchli jamoalari qiziqish bildirmoqda va ayni shu sababli ham klub rahbariyati uni qanday qilib bo‘lmasin o‘zida saqlab qolmoqchi.
Fikrlar