Grandlar nishonidagi «yangi Stiven Jerard» kim?

  • 19 oktabr, 2018, 22:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yakshanba oqshomida «Inter» va «Milan» yangi mavsumning derbisini o‘tkazishadi. Maydondan tashqarida ham ikkala klub boshqa bir kurashni davom ettirishmoqda. Bu kurashda nafaqat ular balki «Yuventus» va «Roma» ham xalqaro tanaffus vaqtida o‘zini ko‘z-ko‘z qilgan Nikolo Barellani o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy kirishishgan.

Tecno

Qo‘shimchasiga Angliyadan «Manchester Yunayted» 21 yoshli iqtidor vakilini skautlari orqali zimdan kuzatib bormoqda. Yozda esa «Atletiko» «Kalyari» prezidenti Tommaso Jyulinini o‘z etakchisini sotishga ko‘ndirishga urinib ko‘rgandi. Biroq yakunda bunga erisha olmagandi.

Kimdir Italiya Polshani 1-0 hisobida yutgan o‘yinni ko‘rgan bo‘lsa nima uchun Evropaning top klublari nishonga aynan Barellani olganini yaxshi tushunishadi.

U «Silesian Stedium»da ilk daqiqalardanoq «Chelsi» etakchisi Jorjino va «PSJ» yulduzi Marko Verrattilar yonida harakat qilganiga qaramay o‘yinning eng yaxshi futbolsi bo‘ldi.

«Skuadra Adzurra» bosh murabbiyi Roberto Manchini Barella terma jamoa uchun atigi ikkinchi uchrashuvida maydonga tushganiga qaramay namoyish qilgan o‘yinidan lol qoldi. Fabio Kapello esa uni afsonaviy Marko Tardelliga qiyosladi.

«Barella yarim himoyadagi tempni o‘zgartirib yuborgan futbolchi bo‘ldi» – deydi Italiyaning sobiq murabbiyi Radio Anch'io Sport ga bergan intervyusida. «U bizga oldinlari etishmagan sifat va miqdorni taqdim qildi. U menga bu jihatdan biroz Tardellini eslatib yubordi».

Barellaning o‘yini haqiqatdan tomoshabop bo‘ldi. Yosh futbolchi yarim himoyada keng ko‘lamdagi ishlarni bajardi. Shu sababli bo‘lsa kerak Jennaro Gattuzo va Diego Simeone uni o‘z tarkibida ko‘rishni juda-juda istmoqda.

A Seriyada birorta futbolchi Barelladan ko‘proq (72) to‘pni raqibdan olib qo‘ygan emas. Faqatgina besh futbolchi undan ko‘proq (16) raqib hujumini buzgan.

Bu sifatlari bilan birga Barella to‘p bilan yaxshi muomala qilishi tufayli to‘p nazoratini ham yaxshi egallagan. 21 yoshida bo‘lishiga qaramay u «Kalyari»ning etakchisiga aylanib oldi.

Uning himoyaviy qobiliyatlari bilan birga hujumkorlik mahorati ham havas qilsa arzigulik. U Duglas Kosta va Ivan Perishichlardan ham ko‘proq dribling (8) qilgan. Radja Nainggolan (9) va Sergey Milinkovich-Savich (9) dan ham ko‘proq xavfli vaziyatlar (12) yaratgan.

Uni avvallari Nainggolanga qiyoslashgandi. Boisi u belgiyalik futbolsi kabi tinim bilmas, maydonda borini beradigan futbolchilar sirasidan. Uning maydonni ko‘ra olishi va texnikasi ham Nainggolanga o‘xshab ketadi.

Gazzetta dello Sport esa bir marta uni «Sardiniyalik Stiven Jerard» deb atagandi. Ammo ochig‘ini aytganda «Liverpul»ning afsonaviy sardori bo‘lishi uchun to‘purarlik mahoratini ham yaxshigina toblashi kerak. U o‘tgan mavsumda 34 o‘yinda 6 gol urishga erishgandi.

Uning «Enfild»ga ko‘chib o‘tishi mumkinligi borasidagi mish-mishlar ham tarqagandi. Bunga Barellaning basketbol yulduzi Lebron Jeymsga muxlis ekanligidan «qizillar» foydalnmoqchi ekanliklari xabar qilingandi. Ammo Jerardning sobiq jamoasida ayni vaqt yarim himoyada bir necha ajoyib variantlar borligi va futbolchining transfer bahosi 50 million evro ekanligi tufayli bu haridni amalga oshira olmasligi mumkin.

Eng muhimi Nabi Keyta va Fabino uchun 100 million evro sarflagan mersisaydliklar ortiqcha harajat qilishni o‘ylashmayotgan bo‘lsa kerak.

Premer Liga klublarining uni qo‘lga kiritishidagi asosiy faktor futbolchining inglix futboli shaydosi ekanligida. «Agarda menda A Seriya va Premer Ligadan birini tanlash imkoniyati bo‘lganda Angliyaga borardim. Chunki menga ular o‘ynayotgan uslub yoqadi» – degandi Gazzetta dello Sport ga bergan intervyusida.

Ehtimol yaqin kelajakda «yangi Stiven Jerard»ni Premer Liganing birorta grand klubi safida ko‘rarmiz. Albatta bu futbolchining o‘yini rivojlanishiga ham bog‘liq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!