Grizmann o‘zini Messi va Ronaldu bilan bir qatorga qo‘ydi
"Atletiko" klubi xujumchisi Antuan Grizmann "Yuventus" yulduzi Krishtianu Ronaldu va "Barselona" forvardi Lionel Messi haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Ular afsonaviy futbolchilardir. Bu ikki yulduz charchash nima ekanligini bilishmaydi, bir yilda 50 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etishadi, sovrinlar hamda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishadi.
Joriy yil UEFA Superkubogini, Jahon chempioni hamda Evropa ligasida g‘alaba qozonganim sababli, o‘zimni Ronaldu va Messi bilan bir qatorga qo‘ydim, - deya Grizmanning so‘zlaridan iqtibos keltiradi As nashri.

Fikrlar