"Guanchjou Evergrand" futbolchisi uchun "Barselona"dan 40 mln evro talab qilmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avval xabar berganimizdek Kataloniyaning “Barselona” klubi Xitoyning “Guanchjou Evergrand” klubi yarim himoyachisi Paulinoga taklif bilan murojaat qilgan edi.

Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra xitoyliklar 28 yoshli braziliyalik futbolchi uchun “ko‘k-anor ranglilar”dan 40 mln evro talab qilmoqda. “Barselona” esa o‘z navbatida futbolchi uchun ular aytgan summaning teng yarmi – ya’ni 20 mln evro taklif qilishgan.

Ma’lumot uchun, Braziliya terma jamoasi a’zosi Xitoy klubi safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum  “Guanchjou Evergrand” safida jami 21ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 8ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

"Guanchjou Evergrand" futbolchisi "Barselona"dan taklif bo‘layotganini tasdiqladi

«Barselona» «Guanjou Evergrand» futbolchisini qo‘lga kiritmoqchi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!