
Gvardiola "ManSiti"da futbolchilarga ajoyib ta’qiq joriy qildi
Xosep Gvardiola «Manchester Siti» futbolchilariga inglizchadan boshqa tillarda gaplashishni taqiqlab qo‘ydi.
Ayni paytda «shaharliklar» tarkibida 11 millatga mansub futbolchilar to‘p surmoqda. Murabbiy esa barcha o‘yinchilar faqat ingliz tilida gapirishini talab qilmoqda.
Daily Mail xabariga ko‘ra, Gvardiola bir millatga mansub futbolchilarni o‘zaro ona tilida muloqot qilishni ham cheklab qo‘ygan. Uning fikriga ko‘ra, bu uslub jamoaga yordam bermoqda.
Himoyachi Nikolas Otamendi murabbiyning taqiqi haqida gapira turib: «Pep ingliz tilini o‘rganib olishni va shu tilda gapirishni talab qilmoqda. Dekabr oyida men hatto imtihon topshiraman!», — deb aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gvardiola futbolchilariga pitstsa va gamburger eyish, meva sharbati ichish, daft uslubidagi soch turmagiga ega bo‘lish va klub qarorgohida internetdan foydalanishni taqiqlab qo‘ygan edi.
Fikrlar