Hech kim tanimaydigan bokschi nokautchi chempionni 40 soniyada ringga qulatdi

  • 04.12.2016 09:10
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
Moskva shahrida tashkil etilgan professional boks kechasi vazni 64 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida IBF va IBO yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni Eduard Troyanskiy namibiyalik Julius Indongo bilan raqobatlashdi.
 
Bungacha Troyanskiy 25 ta jangning barchasida zafar quchib, 22 marta raqiblarini nokautga uchratgan edi. Idongo ham mag‘lubiyatga uchramay, 20 ta jangda g‘olib chiqqan.
 
Ikki engilmas bokschining jahon chempionligi kamari uchun jangi atigi 40 soniya davom etdi. Kutilmagan raqibining kuchli zarbasini o‘tkazib yuborgan rossiyalik bokschi chuqur nokautga tushdi.
 
 
Professional ringdagi 21-jangida 11-nokautini qayd etgan Julius Indonga IBF va IBO yo‘nalishlari bo‘yicha Troyanskiyning chempionlik kamarini tortib oldi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!