Hikmat Ergashev: Qars ikki qo‘ldan chiqadi

  • 11.11.2018 07:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kecha Superliga 30-turi doirasidagi “Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “qaldirg‘ochlar”  ustozi Hikmat Ergashev ishtirok etdi va o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirdi.

-  O‘yin ajoyib tarzda kechdi va barchaga manzur bo‘ldi. Boisi, har ikki jamoa ushbu bahsga puxta tayyorgarlik ko‘rgandi. “Navbahor” muxlislarning qo‘llab –quvvatlashlari ostida  yaxshi o‘yin namoyish etdi. Axir, aytishadiku, Namanganda Braziliya terma jamoasi ham yutolmaydi, deb.

Uchrashuv ancha qiziqarli tarzda kechdi, lekin jamoamizga biroz omad etishmadi.

Bugungi hakamlikdan qoniqmadik. Boisi, qars ikki qo‘ldan chiqadi. Bizning darvozamizga 11 metrli jarima zarbasi belgilandi. Lekin Dilshod va Javlonning qo‘lidan tortib, yiqitilganda, hakamlar bunga e’tibor qaratishmadi. Shuningdek, Javlonning nega maydondan chetlatilganini  ham tushunmadim. U jamoa sardori va hakamning qaroriga e’tiroz bildirishga haqqi bor. Hakamlarni nazorat qiladigan qo‘mita bor va buni o‘zlari ko‘rib chiqishadi. Hali hech narsa yo‘qotilgani yo‘q. Biz sovrindorlar safidan joy olish uchun  oxirigacha kurash olib boramiz. Hali oldinda yana  2ta tur bor. U yog‘ini esa vaqt ko‘rsatadi.

Bugungi o‘yinda mezbonlar tarkibida Azizbek Turg‘unboev yaxshi o‘yin namoyish etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abdullo Parpiyev
11/11/2018 08:05
olg‘a navbahorrrrr