
Hindistoning so‘nggi 55 yildagi ilk g‘alabasi. Tailandning mag‘lubiyatsiz seriyasiga yakun yasaldi va boshqa faktlar
Xabaringiz bor bugun Osiyo kubogi “A” guruhining ikkinchi juftligida Tailand va Hindiston terma jamoalari o‘zaro kurash olib borishdi. O‘yin hindlarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Quyida ushbu ikki terma jamoaning Osiyo kuboklari tarixidagi ayrim statistikalari bilan tanishtirib o‘tamiz.
- Tailand shu paytga qadar Osiyo Kubogi doirasida o‘tkazilgan 21 ta o‘yinda 4 va undan ko‘proq gol o‘tkazib yuborgan. Biroq shulardan faqat bittasini g‘alaba bilan yakunlay olgan, xolos. (1 g‘alaba, 8 durang, 12 mag‘lubiyat);
- Hindiston terma jamoasininh Tailand ustidan qozonilgan g‘alabasi 1964 yildan buyon davom etib kelayotgan g‘alabasiz seriyaga yakun yasab berdi. Bundan roppa-rosa 55 yil muqaddam hindistonliklar o‘zlarining so‘nggi g‘alabasi nishonlagan edilar. O‘sha o‘yinda (jamoa laqabi)lar Gonkong terma jamoasini 3-1 hisobida mag‘lub etgan edilar;
- Yana bir hayratlanarli jihati Hindiston terma jamoasi bundan avvalgi Osiyo kuboklarida (7ta) bir o‘yin davomida 3tadan oshiq gol ura olishmagan;
- Hindistonning bugungi g‘alabasi jamoaning 2018 yil sentyabr oyidan buyon davom etayotgan 4 o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyasiga nuqta qo‘ydi. (2 durang, 2 mag‘lubiyat);
- Tailandning ushbu Osiyo kubogidagi sharmandali mag‘lubiyati jamoaning 9 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasini barbod etdi (6 g‘alaba, 3 durang). Tailandliklar so‘nggi bor 2018 yil iyun oyida Xitoy terma jamoasiga 2-0 hisobida imkoniyatni boy bergan edi;
- Hindiston terma jamoasining barcha davrlardagi to‘purar futbolchisi Sunil Chetrining darvoza tomon aniq yo‘llagan ikkala zarbasi ham bugun golga aylandi.
Fikrlar