Ibragimovich: Bu mavsum Chempionlar ligasini sobiq jamoalarimdan biri qo‘lga kiritadi deb umid qilaman

  • 14 fevral, 2019, 15:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shvetsiyalik forvard Zlatan Ibragimovich Chempionlar ligasining joriy mavsumdagi g‘olibi kim bo‘lishi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Joriy mavsum Chempionlar ligasi g‘olibligi uchun qolgan jamoalardan yaqqol farq qiladigan favorit yo‘q. Balkim mening sobiq jamoalarim - PSJ, "Manchester Yunayted", "Yuventus" yoki "Barselona" chempionlikni qo‘lga kiritishi mumkin. Afsuski, “Inter” musobaqadan chiqib ketdi, “Milan” esa umuman ishtirok etmadi. Hozircha 4ta jamoa bor va umid qilamanki ulardan biri albatta kubokni qo‘lga kiritadi”, - deydi Ibragimovich.

Eslatib o‘tamiz, Zlatan ayni damda faoliyatini AQShning "Los-Anjeles Gelaksi" klubida davom ettirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!