Ibragimovich bilan kelisha olmagan "Milan" belgiyalik futbolchini ko‘zlamoqda

  • 2 yanvar, 2019, 19:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" belgiyalik yarim himoyachi Yannik Ferreyra Karraskoning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Corriere della Sera nashri xabar bermoqda.

Tecno

Eslatib o‘tish lozimki, 25 yoshli futbolchi bir yil muqaddam "Atletiko" Madriddan Xitoyning "Dalyan Ifan" klubiga ko‘chib o‘tgan edi. Biroq, u ayni damda Chin yurtidagi faoliyatidan umuman qoniqish xosil qilmayapti.

“Rossonerilar” Zlatan Ibragimovich bilan kelishuvga erisholmagach aynan Yannik Karraskoni sotib olishga qaror qilishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!